Jurnalistlar tasodifan Xiaomi’ning yangi gadjetini suratga oldilar

Xiaomi kompaniyasi taqib yuriladigan elektrotexnikalar bozoriga o‘zining Mi Band 1, 1S va 2 fitness-bilakuzuklari bilan tezda kirib keldi. Ularning oxirgisi 2016-yilning birinchi yarmida namoyish etilganidan kelib chiqadigan bo‘lsak bunday qurilmalarning yangi modelini ko‘rishning vaqti keldi.

Xiaomi’ning bosh direktori Ley Szyun yangi o‘yinlar uchun mo‘ljallangan Black Shark smartfonining taqdimotida qatnashgan. Taklif etilgan jurnalistlar tadbirda yanada qiziqroq obyektga e’tibor qaratishdi – Lenning qo‘lidagi soat yangi Mi Band 3 modeliga juda o‘xshardi. O‘zgacha dizayndagi qurilmaning ustki qismi 2,5D nomlanuvchi oyna bilan qoplangan va chetlari aylana holda. Shuningdek ishlash yuzasining hajmi ham oshgani u yerda katta OLED-displeyi bo‘lishini bildiradi.

Xiaomi bilakuzugi uchun smartfonsiz ochiq havoda mashg‘ulot o‘tkazish imkonini beruvchi GPS-modul yangilik bo‘ladi. shuningdek, unda akselerometr, yurak urish tezligini hisovlovchi sensor, Bluetooth 4.2 va IP67 standarti bo‘yicha korpusni himoyalash vositalari ham mavjud bo‘ladi.

Hozircha Mi Band 3 bilakuzugining namoyish etilish sanasi va narxi haqida axborotlar yo‘q. Biroq, kompaniya rahbari ommaga uni namoyish etayotgan ekan, yangilikni ko‘p kutishimizga to‘g‘ri kelmaydi, deb yozadi PhoneArena.

______________________