Talaba va o‘quvchilar tomonidan yig‘ilgan dron yukni muvaffaqiyatli yetkazdi

Фото: © L!FE

Novgorod universiteti talabalari va Buyuk Novgoroddagi 36-sonli o‘rta maktab o‘quvchilari 5 kun ichida uchuvchisiz parvoz qiladigan qurilmani terishdi va u orqali boshqa qishloqqa yuk yetkazib berdilar.

12-aprel kuni dron Navolok qishlog‘idan Bo‘rilar qishlog‘iga 1,3 kilogramm og‘irlikdagi shirinliklarni yetkazib bergan. Yukni o‘sha qishloqdagi yetakchilardan biri qabul qilib olgan va dron ortga – bazaga muvaffaqiyatli qaytib keldi.

Dronni tayyorlashda o‘quvchilar parvozning elektron xaritasini tuzishgan, talabalar esa uning texnik jihatlarini ta’minlashgan. Dronni turli strukturalar o‘z ishida qo‘llashi mumkin: “Rossiya Pochtasi”dan xususiy kompaniyalargacha.

“Muvaffaqiyatli sinovdan so‘ng biz dronlar uchishida xavfsizlikni oshirish, yangi imkoniyatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshiramiz. Misol uchun, istalgan ob-havoda ularning havoda xavfsiz parvozini ta’minlaymiz. Dron ko‘taradigan yukning og‘irligini oshiramiz”, – deydi NovDU prorektori Andrey Yefremenkov.

______________________