O‘zbekistonda jahonga mashhur PAUL non mahsulotlari tarmog‘i ochiladi

Shu hafta Aleksey Kovalyov Facebook’dagi o‘z sahifasida non mahsulotlar tarmog‘i ochilishi munosabati bilan bosh novvoy qidirayotgani haqida yozib qoldirgan. Xabarda Toshkentdagi tarmoq uchun Fransiyada malaka oshirish rejalashtirilayotgani ham aytilgan, deb yozmoqda kommersant.uz nashri.

Paul Bakery fransuz novvoyxonalar tarmog‘i bundan 130 yil avval, 1889-yilda Lilda ochilgan. Non mahsulotlari va pishiriqlar tayyorlanuvchi tarmoqning Buyuk Britaniya, AQSh, Belgiya, Yaponiya va boshqa 30 dan ortiq mamlakatlarda do‘konlari bor. Rossiyada bu tarmoqqa Ginza Project xoldingi egalik qiladi. O‘zbekistonda uni qaysi kompaniya tomonidan boshqarilishi hozircha noma’lum.

Qayd etib o‘tish kerakki, Toshkentda bungacha mavjud Bon qahvaxonalar tarmog‘i dizayni ko‘p jihatdan Paul interyerining dizayniga o‘xshash.

______________________