“Yandex” mobil ishlanmalar Maktabi O‘zbekiston fuqarolarini o‘qitadi

“Yandex” mobil ishlanmalar Maktabiga yangi o‘quv kurslari boshlanishini e’lon qiladi deb yozmoqda spot.uz nashri kompaniya ma’lumotlariga tayangan holda.

“O‘qitish Android uchun ilovalar yaratishga bag‘ishlanadi. MIM (Mobil ishlanmalar Maktabi) o‘qituvchilari Yandex’ning dasturchilari bo‘lib: ular ishlanmalarning turli usullari haqida ma’lumotlar beradilar, qurilmalardan foydalanish haqida tushuntirib, ilova interfeysini qanday qilib to‘g‘ri loyihalashtirish va sinov o‘tkazishni o‘rgatishadi” deyiladi xabarda.

Mobil ishlanmalar Maktabi hech bo‘lmaganda o‘zi uchun tajriba tariqasida bo‘lsa ham ilova yaratib ko‘rganlarga mo‘ljallangan.

Bundan tashqari algoritmlarni va Javada – mashg‘ulotlardagi materiallarni to‘la o‘zlashtirish uchun zarur til bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish ham talab etiladi. Boshqa dasturlash tillarni ham bilish qo‘shimcha qulaylik bo‘lib xizmat qiladi.

Mashg‘ulotlar iyulda boshlanadi. Ular kechki payt 19:00 da boshlanadi, bu esa o‘qishni ish bilan birga tashkil etish imkonini beradi. MIMga istalgan yoshdagi, istalgan ma’lumotga ega kishilar topshirishlari mumkin: diplom va attestatlar talab qilinmaydi.

Mobil ishlanmalar Maktabiga topshirish uchun anketa to‘ldirish va sinov vazifasini – ta’rif va ekran rasmlariga tayanib mobil ilova-galereya yaratishni bajarish talab etiladi.

Vazifani yuborganingizdan so‘ng tizim sizga algoritmlarni bilish bo‘yicha kontestdan o‘tishni taklif qiladi. Bu zaruriy bosqich emas, lekin yaxshi natijalar qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. MIMga qabul qilish 6-maygacha ochiq.

______________________