Facebook 2017-yilda 9 mln $ ni Zukkerbergni qo‘riqlash va shaxsiy samolyotlarga sarfladi

Facebook 8,9 mln $ mablag‘ni kompaniya rahbari Zukkerbergning shaxsiy qo‘riqlash xizmati va shaxsiy samolyotlariga sarflagan. Bu haqda CNBC nashri Facebook’ning qimmatli qog‘ozlar va birja bo‘yicha Qo‘mitasiga bergan hujjatlariga asoslanib yozmoqda.

2016-yil bilan taqqoslaganda bu xarajatlar 53 foizga oshganini ko‘rish mumkin. Bu Zukkerbergning xavfsizligi uchun 2016-yilda 4,9 mln $, 2017-yilda esa 7,3 mln $ sarflangani bilan bog‘liq. Shaxsiy samolyotlardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar esa 1,5 mln dollarga tushgan.

2017-yilda Zukkerberg AQShdagi avval bo‘lmagan shtatlari bo‘ylab sayohat qilishga qaror qildi. Facebook esa u bilan birga yuruvchi qo‘riqlash xizmatining, Zukkerbergning San-Fransisko va Palo-Altodagi shaxsiy qarorgohlarini qo‘riqlash tizimining xarajatlarini to‘lashiga to‘g‘ri keldi.

Kompaniya Facebook asoschisining himoyasini zarur deb hisoblaydi, sababi kompaniyaning bosh direktori xavfsizligi muhim jihatlardan biri, deb yoziladi hujjatlarda.

Zukkerbergga Facebook aksiyalarining 59,9 foizi tegishli bo‘lib, ayni paytda ularning bahosi 66 mlrd $ deb belgilanmoqda.

______________________