NASA Oy bo‘ylab videoturni namoyish qildi

Daily Mail’ning xabar berishicha, NASA orbital kosmik apparatlardan to‘plangan axborotlar asosida Oy bo‘ylab virtual turni yaratgan.

Tur 2500 kilometr uzunlikdagi “sayohatlar”dan iborat bo‘lib, unda Oydagi eng go‘zal joylar – kraterlar, qutblar va oy “dengizi” ko‘rsatilgan. Bu bilan birga unda “Apollon-17” o‘z vazifasini bajarishga kelib tushgan joy ham ko‘rsatilgan.

Video oxirgi 10 yil ichida Lunar Reconnaissance Orbiter (LRO) tomonidan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlangan. 2009-yilning iyunidan sun’iy yo‘ldosh yer yuzidan 50 km balandlikda sayyoramizni o‘rgana boshladi. Bu obyektivda Oydagi “hayotiy” detallarni ko‘rish imkonini berdi.

Oy faqat kulrang bir xil sahrodan iborat deb o‘ylash yaramaydi. U butunlay boshqacha bo‘lishi ham mumkin: masalan, videoda 2017-yilda tasvirga olingan Oyning janubiy qutbidagi yorqin “yorug‘liklar”ni ko‘rish mumkin. Olimlarning fikricha, bu effektni uning yuzasi 22 % ni egallagan muz vujudga keltirgan bo‘lishi mumkin. Kadrlar Killerning “Never Looking Back” va Benjamin Krauz va Skott Gudmanning “Flying over Turmoil” qo‘shiqlari bilan ko‘rsatiladi.

NASA mutaxassislari kelgusida 1971-yilda Jin Chernan tomonidan Oyda qoldirilgan qutini topishga umida qilishmoqda. Oxirgi marotaba insonlar 1972-yilda Oyga qadam qo‘yishgan va 12 kishidan iborat “Apollon-17” jamoasi edi.

______________________