Bill Geytsdan qanday boyish haqida saboqlar

Bill Geyts bizning paytimizning eng boy kishilaridan biri hisoblanadi. Kim nima deyishidan qat’iy nazar u o‘z aqli va tadbirkorlik qobiliyati bilan pullarini ko‘paytirgan. Shu bois sizga Bill o‘z blogida yozib qoldirgan maslahatlarni o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz.

Barchangizga ma’lumki, bugungi kunda Bill Geyts o‘zining katta hajmdagi pullarini xayriya maqsadlariga yo‘naltirgan. Shunday yo‘nalishlardan biri qashshoqlik bilan kurashish fondi sanaladi. Mazkur blogpost aynan shu mavzuga bag‘ishlangan.

Xo‘sh, dunyoning eng boy insoni kunlik daromadi 2 $ bo‘lganda nima qilgan bo‘lardi?

Tabiiyki, barcha mamlakatlar va vaziyatlar uchun ishlaydigan bir xil usul yo‘q. Qashshoqlik turli joylarda turlicha ko‘rinadi. Lekin o‘z fondimda faoliyati davomida men ko‘p joylarda tovuq yetishtirish qashshoqlikdan saqlab qolishining guvohi bo‘ldim. Men bu haqda ko‘p yangiliklarni bilib oldim. Ishoning Sietldan chiqqan shaharlik uchun ular haqiqiy yangilik bo‘ldi. Endi men aminmanki, o‘ta ketgan qashshoqlik botqog‘idan tovuqlar yordamida chiqish mumkin.

Agar men hozir qashshoq bo‘lib qo‘lganimda rostdan ham parrandachilik bilan shug‘ullangan bo‘lardim.

Shundan song Bill Geyts o‘z maslahatini asoslovchi misollarni keltiradi.

  • Tovuqlarni oson ko‘paytirish mumkin, ular deyarli alohida qarashni talab qilmaydilar. Ularning ko‘plab turlari yerdan nima topsa yeb ketaveradi (lekin maxsus ovqatlar bilan yaxshiroq natijaga erishish mumkin). Parrandalarga faqat uncha katta bo‘lmagan katak va bir nechta vaksina kerak. Bu esa qimmat emas.
  • Parrandachilik yaxshi sarmoya bo‘la oladi. Masalan, ish boshlayotgan fermerning 5-10 ta tovug‘i bor deylik. 3 oy o‘tib jo‘jalarining soni 40 taga yetishi mumkin. Agar bitta tovuq G‘arbiy Afrikada 5 dollar tursa, bir yil ichida fermer 1000 $ pul topishi mumkin.
  • Bu bolalar salomatligini saqlashi mumkin. Yiliga 3,1 milliondan ortiq bolalar ochlikdan vafot etmoqda. Tovuq go‘shti va tuxum qashshoqlikni yengish va bolalarni zaruriy oqsillar, mikroelementlar va boshqa ozuqaviy elementlar bilan ta’minlaydigan vositalardir.
  • Bu ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamdir. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ayollar hanuz oilasi uchun pul topa olmay, o‘z ishini tashkillashtira olmay tengsizlik qurbonidirlar. Tovuq yetishtirish bu vaziyatni, tarixiy ana’nalarga zarar keltirmay ijobiy tomonga o‘zgartirishning usulidir.

Bill Geyts o‘zining xulosasida, bu savol u achun avval hech qanday ahamiyat kasb etmaganini va aynan hozir dunyoda yechimini topishi kerak bo‘lgan qancha muammolar turganini anglaganini aytib o‘tgan.

Kulguli tuyulishi mumkin, ammo men tovuqlarning ahamiyati qanchalik muhim ekanligini hozir ishonch bilan ayta olaman.

______________________