Internet daholari va vorislar: Forbes reytingidagi kimlar hali 40 yoshga ham kirmagan

2018-yilda e’lon qilingan Forbes’ning reytingidagi 2208 milliarderlarning 63 nafari 40 yoshga ham kirmagan. Ular bilan tanishamiz.

Ularning yarmidan ko‘pi self-made (biznesini o‘zi qurgan) tadbirkorlar sanaladi. Bu guruhdagi 26 nafar biznesmenlar IT-sanoat ketidan boyigan. Boshqalari esa bunday yuqori iqtisodiy holatga dronlardan foydalanish hisobiga erishganlar. Reytingdagi self-made milliarderlarning barchasini erkaklar tashkil etadi.

Ketma-ket 3-yil eng yosh milliarderlar ro‘yhatini norvegiyalik Aleksandra (21 yosh) va Katarina Andersenlar (22 yosh) boshqarib kelishmoqda. 2007-yilda ularning otasi Yoxan Anderson oilaviy sarmoya kompaniyasi bo‘lgan Ferd’ni boshqarish huquqini opa-singillarga bergan. Forbes faqatgina 2016-yilga kelib bu qarordan xabar topgan. Ulardan har birining boyligi 1,4 mlrd $ ga baholanmoqda.

Eng yosh self-made milliarder 27 yoshli Stripe startapi asoschisi Jon Kollins bo‘ldi. U akasi Patrik Kollins bilan birga Stripe to‘lov tizimini yaratadi. 2016-yilning noyabrida oxirgi olingan mablag‘lar hisobiga kompaniya boyligi 9,2 mlrd $ ga baholangan. Jon Kollins bir necha oyga Snap Inc. kompaniyasi asoschisi va rahbari Evan Shpigeldan kichik. Shpigelning mablag‘i 4,1 mlrd $ bo‘lib, butun o‘tgan yil u Snapchat ilovasiniing yangi dizayni bilan shug‘ullandi.

Forbes’ning yangi boylaridan biri Pavel Durov bo‘ldi. Uni Rossiyaning “Mark Zukkerbergi” deyish mumkin. Qizig‘i har ikkala milliarderlarning yoshi 33 da. Pavel 22 yoshida “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi. Bugun undan foydalanuvchilar soni 400 mlnga yetdi. 2015-yilda Durov kompaniyasining 12 % aksiyalarini sotib Dubayga ko‘chib o‘tadi. Bundan tashqari, u mablag‘larning asosiy qismini u Telegram messenjerini yaratish orqali to‘plagan. Messenjerning foydalalnuvchilari soni butun dunyo bo‘lab 100 mln kishi.

Yana bir ishtirokchi Linsi Snayder bo‘lib, 2017-yilning mayida 35 yoshga to‘lgach u oilaviy In-N-Out tamaddixonalar biznesini to‘la o‘z qo‘liga oldi va 1,2 mlrd $ daromadi bilan Forbes ro‘yhatiga birinchi marta kirdi. Oxirgi 10 yil ichida Linsi bobosi va buvisi tomonidan belgilangan rejaga asosan kompaniya ulushidan ma’lum bir qismlarga ega bo‘lib kelgan. Garri va Ester Snayderlar 1948-yilda AQShda In-N-Out tamaddixonalar tarmog‘iga asos solishgan.

40 yoshgacha bo‘lgan eng boy milliarder so‘zsiz Mark Zukkerberg hisoblanadi. Uning boyligi 71 mlrd $ ni tashkil etadi. 2017-yilning avgustida Zukkerbergning ikkinchi qizi Ogast tug‘ildi. 2018-yilda Mark Zukkerberg Facebook’ni  ko‘proq oila va do‘stlarga mo‘llashni rejalashtirgan.

40 yoshgacha bo‘lgan boy ayollardan ikkinchisi Yan Xueyyan bo‘lib, u Xitoydagi rivojlanish korporatsiyalaridan biriga rahbarlikni meros qilib olgan. 36 yoshida uning boyligi 21,9 mlrd $ ni tashkil etgan. Country Garden Holdings korporatsiyasining 57 foiz aksiyasi Yanga qarashli. U shuningdek Xitoyda bilingval o‘qitish tizimi bo‘yicha Bright Scholar Education xalqaro kompaniyaning ham egasi hisoblanadi.

63 nafar dunyoning eng yosh milliarderlarining umumiy boyligi 265 mlrd $ ni tashkil etadi. O‘tgan yili bu raqam 208 mlrd $ bo‘lgan.

______________________