Pul topish va uni sarflash: bu haqida yaxshi biladigan insonlardan maslahatlar

Genre Ford, Robert Kiyosaki, Bodo Shefer va boshqa muvaffaqiyatli shaxslarning boylikka qanday erishish mumkinligi haqidagi fikrlari bilan tanishing.

  1. Genri Ford, amerikalik sanoatchi, kashfiyotchi

Avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlar egasi, afsonaviy sanoatchi va kashfiyotchi optimist inson bo‘lgan. U qaysi yoshda bo‘lishga qaramay hamisha o‘qish kerak deb hisoblardi va doimiy yangilik olishga intilgan, mashaqqatlardan qo‘rqmaydigan kishi bo‘lgan.

Genri Ford uchun pullar yangi tajriba va bilim orttirish manbasi bo‘lgan. Aynan shu uchun ham u o‘z-o‘ziga sarmoya kiritish muvaffaqiyatga olib kelishini aytib o‘tgan.

Genri Forddan tavsiyalar

Agar pullar sizning mustaqillikka nisbatan umidingiz bo‘lsa, siz hech qachon mustaqillikka erisha olmaysiz. Kishi bu hayotda ega bo‘ladigan yagona kafolat uning bilim va tajribalaridir.

Omad va boylikning siri – kishilarni o‘zingizdek yaxshi tushuna olishda. Har bir ishga o‘zingizning va boshqaning ko‘zi bilan qarashni o‘rganish kerak. Turli tomondan qarashlar yagona to‘g‘ri yechimni taqdim etadi.

Yoshi kattalar bizni pulni tejashni yaxshiroq narsaga olib qo‘yishni o‘rgatishadi. Bu uncha yaxshi maslahat emas. Bankda boyligingizni saqlab o‘tirgandan ko‘ra, pullarni o‘zingizni rivojlantirish uchun sarflang. Barchasini taraqqiyotga kiriting. 40 yoshimgacha men hatto 1 $ ham yig‘maganman, barchasini o‘sishim uchun sarflaganman.

  1. Uorren Baffett, amerikalik tadbirkor, investor

Uorren Baffet hamma xalqlar va davrlarning yirik investorlaridan biri sanaladi. Uning triumpfi o‘tgan asrning 60-yillarida 10 ming $lik investitsiya kompaniyasidan boshlangan.

Bugun Baffet dunyodagi eng badavlat insonlardan biri. Uning boyligi 77,3 mlrd $ni tashkil qiladi. Baffettning fikricha muvaffaqiyatining asosiy siri bu – belgilangan prinsiplarga amal qilish, saqlash va sabr qilish.

Uorren Baffetdan maslahatlar

Bozor 10 yilga yopiladigan bo‘lsa ham faqat boshqarish sizga zavq beradigan sohani tanlang.

Menga aksiyalar haqida gap ketyaptimi yoki paypoq sotib olish haqida gap ketyaptimi baribir: menga arzon narxlarda sifatli tovarni sotib olish yoqadi.

Agar sizda tanlov imkoni bo‘lsa, “ha” deyishdan ko‘ra “yo‘q” deyish muhimroq.

Men doim boy bo‘lishimni bilardim, biror daqiqa ham bunga shubhalanmaganman.

  1. Robert Kiyosaki, amerikalik biznesmen, yozuvchi

Robert Kiyosaki har doim ham omadli bo‘lmagan. Avval savdo agenti bo‘lib ishlagan, keyin shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan. Biroq, 80-yillarda hamma narsasini yo‘qotgach “o‘zini omadsiz deb hisoblay boshlagan”. Aynan shu bois uning tavsiyalarida ko‘pincha kishining o‘ziga nisbatan ishonchi bo‘lishi ta’kidlanadi.

15 yillik hamkorlikidan keyin u sherigi bilan biznes va sarmoyalashni o‘rgatadigan Rich Dad`s Organization xalqaro ta’limiy kompaniyani tuzadi. 47 yoshida esa Kiyosaki “Boy ota, kambag‘al ota” nomli bestseller asarini yoza boshlaydi. Biznesmenning sof aktivlari 80 mln dollarga baholanmoqda.

Robert Kiyosakidan maslahatlar

Eng avvalo narxga emas, qiymatga qarash kerak.

Agar siz o‘zingizni badavlat ko‘ra olmasangiz, bunga hech qachon erisha olmaysiz.

“Imkonsiz” so‘zi potensialingizni bloklaydi.

Pul yig‘ish kambag‘al va o‘rtahol kishi uchun yaxshi, boylikka erishmoqchi bo‘lganga  esa yomon maslahat.

Boylikning kaliti barcha qiyinchilikni osonlashtirishdan iborat. Sababi biznesning maqsadi ham hayotni qiyinlashtirishdan emas, yengillashtirishdan iboratku.

Eng bebaho aktiv – vaqt. Aksariyat insonlar undan foydalalnishni bilishmaydi. Ular boy kishilarni yanada boy qilishga harakat qilishadiyu, o‘zlarini boy qilishni ortga surishadi.

  1. Bodo Shefer, moliyaviy konsultant, yozuvchi

Bodo Shefer taym-menejment va moliya boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi amaliyotchilardan sanaladi. Bolaligida Shefer o‘z-o‘ziga 30 yoshgacha o‘zining birinchi millionini ishlab topishga va’da bergan.

16 yoshida u AQShni zabt etishga yo‘lga chiqadi, keyinchalik Meksikaga ko‘chib o‘tadi. 26 yoshida butunlay inqirozga uchraydi. Lekin bu uni sindira olmadi.

Shefer o‘ziga moliyaviy bilim beradigan ustoz topadi va muvaffaqiyatga erishadi. 30 yoshga kirganida esa haqiqatdan o‘z millionini ishlab topgan edi.

U pullarga nisbatan oddiy munosabatda bo‘ladi: ular maqsadning o‘zi emas, balki vaqt va erkinlik, mustaqillik va hayotiy baxtga erishishni sotib olish vositasi bo‘lishi kerak.

Bodo Shefer tavsiyalari

Siz ishlab topgan pullar emas, siz saqlay bilgan pullaringiz boylikni keltiradi.

Baxtli bo‘lishning 2 xil usuli bor: o‘z ehtiyojlarni to‘xtata bilish va o‘z imkoniyatlarni oshirish. Dono inson har ikkalasini ham qiladi.

Pullar kim ularga tayyor bo‘lsa shu insonda qoladi.

Bajarish kerak, harakat qilish emas. Kim harakat qilib ko‘rmoqchi bo‘lsa, u omadsizlikka ham tayyor bo‘ladi. Oxir-oqibat bu insonda hech nima o‘xshamaydi. Hech qanday urinishlar yo‘q. Siz bajarasiz yoki bajarmaysiz.

Men qancha o‘z ustimda ishlasam shuncha omad menga kuladi.

Ishonchsiz odam hech nima qila olmaydi, unda hech nima bo‘lmaydi.

  1. Govard Shults, amerikalik biznesmen, Starbucks rahbari

Govard Shults Bruklindagi oddiy oilada tug‘ilgan. Kollejni tugatgach u Starbucks’ga ishga kiradi. Kompaniya egalarini Shults oz maosh egaziga o‘ziga bosh direktorlik lavozimini topshirish bilan muvaffaqiyatga erishish mumkinligiga ko‘ndiradi va buning uddasidan chiqadi. Starbucks bugun dunyoning eng mashhur qahva tarmoqlaridan biri. Shultsning boyligi esa 2,9 milliard dollardan ortiq.

Govard Shults maslahatlari

Kichik narsalar haqida orzu qilib hech qachon katta narsaga erisha olmaysiz.

Agar siz hech qachon imkoniyat berilmagani haqida gapirsangiz, undan hech foydalanmagan bo‘lasiz.

Boshida kutilmagandek tuyulishi mumkin, lekin omad kim uni rejalashtirsa keladi. Yuksak marralar tasodifan bo‘lmaydi.

______________________