Fotogalereya: Pro-Vision PR-agentligining Moskvadagi ofisi bilan tanishing

Pro-Vision kommunikatsiya marketingi bilan shug‘ullanuvchi rus kompaniyasi bo‘lib, Moskvadan tashqari Novosibirsk, Kiyev va Olmatada ofislari mavjud.

Rossiya poytaxtidagi kompaniya ofisi “Danilov Plaza” biznes markazida joylashgan. Binoning umumiy maydoni 370 m²dan iborat bo‘lib, 65 nafar xodim bu yerda ishlaydi.

Kompaniya bosh direktori Vladimir Vinogradov avval arxitektura bo‘yicha o‘qigan va shtab-kvartira rejasi hamda dizayni bilan ham aynan uning o‘zi shug‘ullangan.

Ofis asosan ochiq joy (openspace) lardan iborat bir nechta hududlarga ajratilgan. Ikki devor o‘rnidagi derazalar esa tabiiy yorug‘likni ta’minlaydi.

Ochiq hududlarda PR, digital, event-marketing, prodakshn, monitoring bo‘limlari joylashgan. Bosh direktor, ijrochi direktor, HR va buxgalterning alohida xonalari mavjud.

Ochiq hudud va xonalar o‘rtasida kichi dam olish joyi bo‘lib, u yumshoq divanlar bilan bezatilgan. Shuningdek, ofis burchagida kafe ham joylashgan.

Qurilish materiallari bo‘lgan beton, faner va oynalar hashamatli ingliz va italyan jihozlari bilan o‘ziga xos kontrastni hosil qilgan.

Devorlarni esa rassom Ilya Orlovning ijod namunalari bezab turadi.

Qabulxona va bosh direktor xonasidagi rasmlar esa suratkash Vladimir Glininning ishlaridir.

Kompaniyaning OAV bilan o‘zaro aloqasi qabulxona va muzokaralar xonasining bezatilishida inobatga olingan. Kiraverishdagi devor dunyoning yetakchi gazetalari bilan bezalgan. Bunga ofis xodimlari har bir asrning o‘z axborot vositalari bor deya ta’rif berishadi.

______________________