O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun lug‘at yodlash dasturi ishlab chiqildi

Yurtimizda ingliz tilini o’rganayotgan kishilar uchun “ABUTECH” MCHJ tomonidan “Burro” nomli qulaylashtirilgan lug‘at yodlash ilovasi ishlab chiqildi. Ilova turli bosqichdagi ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan qulay so‘z yodlash usullarini taklif etadi. Talab va takliflar inobatga olingan holda ilovaning oddiy versiyasidan foydalanish bepul qilib belgilandi. Burro mobil ilovasini foydalanuvchilar Android tizimining 4.1 va undan yuqori versiyalarida yuklab olish mumkin.

Mazkur dasturdagi asosiy xususiyatlar quyidagicha:

  • Ingliz tilida eng ko‘p ishlatiladigan 10000 ta so‘z tarjimasi bilan mavjudligi;
  • Yodlash davomida so‘zlarni zehnda qoldirish uchun turli topshiriqlar kiritilgan;
  • Mustaqil yangi lug‘at qo‘shish imkoniyati;
  • Ixtiyor foydalanuvchining o‘ziga beriladi;
  • Sanoq usulida yodlash;
  • Yodlangan so‘zlarni sinov topshiriqlar orqali tekshirish;
  • Yodlangan so‘zlarning tarjimasini telefon ekranida ko‘rib ana shu so‘zning o‘zini talaffuz qilish imkonini beradi;
  • Og‘zaki nutqni rivojlantiradi;
  • Lug‘at yodlash bo‘yicha kunlik eslatmalar kiritilgan;
  • Ingliz va o‘zbek tilida kunlik hikmatlar mavjud.

Bundan tashqari, ilovadan foydalanuvchilar uchun turli qiziqarli yodlash va takrorlash mashqlari ham o‘rin olgan. Dastur o‘quvchilar, abituriyentlar, talabalar, “IELTS” imtixonidan yuqori ball olishni istovchilar va barcha ingliz tiliga qiziquvchi insonlar uchun mo‘ljallangan.

Qayd etish kerak, avvalroq ushbu mutaxassilar tomonidan arab tili grammatikasini o‘rganuvchilar uchun «Tahlil» ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u yordamida arab tili grammatik qoidalarini turli mashqlar yordamida o‘rganishingiz tizimi amalga oshirilgan.

______________________