Milliarder Araz Agalarov: “Men hech qachon haqiqiy boy bo‘lmaganman”

Crocus Group’ning egasi Araz Agalarov Forbes Club bilan suhbat davomida Futbol bo‘yicha jahon chempionatiga stadionlarining qurilishi, biznesda eng avvalo nimalarga ahamiyat berish kerakligi va shaxsiy hayoti haqida hikoya qildi.

Chempionat uchun stadionlarning qurilishi haqida: “Kaliningrad va Rostov-na-Donuda ikkita stadionim menga berilgan. Men ishni hammadan keyin boshladim lekin barchadan oldin tugatdim, ularda FIFA va maxsus xizmatlar bilan bog‘liq ba’zi ishlar qolgan. Men bunday ishlarni olganimda, juda tezroq va yaxshiroq bajarish ishtiyoqida yonaman. Masalan, Rostovdagi stadionga loyihada ko‘zda tutilmagan 400 mln rubllik mediafasad qildik. Menga bunaqa vazifalar topshirilganida ko‘proq foyda olishni o‘ylaymanu, lekin bunday bo‘lmaydi”

Ilk pullari haqida: “O‘zimning birinchi pullarimni maktabda o‘qib yurganimda topganman. Otamdan ayrilganimda 13 yoshda edim. Shunda birdan oilamizning hamda mening do‘stlarim yo‘qolib qolishdi. Shu bilan biznesga kirib keldim. O‘shanda bu qiyin edi, lekin menda har doim yashashim uchun pul bo‘lib turgan”.

Crocus Group’ning paydo bo‘lishi haqida: “1987-yilda aspiranturani tugatganimdan keyin meni Bokuga yuborishdi. Vatanimdagi hodisalar qanday bo‘layotgani to‘g‘ri tushungan holda men davlat ishidan ketishga qaror qildim. 1988-yilda “Shafran” deb atalgan kooperativ tashkil qildim. Rus-ingliz atamalari urf bo‘lishi bilan esa men shunchaki shafranni inglizchaga tarjima qilib qo‘ya qoldim”.

Boylik haqida: “Men hech qachon haqiqiy boy bo‘lmaganman, hozir qarzlarimdan boshqa hech nimam yo‘q. men Sberbank’ka juda katta miqdordagi pul to‘lashim kerak”.

Pullarning erkinaylanishi haqida: “Men davlatimizga pullarni oltin zahirasida olib o‘tirishni emas, mamlakat taraqqiyoti uchun sarflashni maslahat bergan bo‘lardim”.

KXAY (МКАД)’da do‘kon ochish qarori haqida: “Bu Amerikaning ta’siri edi. O‘ylab qarasam ularda aholi gavjum joylarda juda ko‘p gipermarketlar bor ekan. Moskvada ham shunday qilsa bo‘lmaskanmi deb o‘yladim. KXAYni ertami-kechmi kengaytirishlarini tushunardim va 1997-yilda “Sening uying” nomli birinchi do‘konimizni ochdik.

Donald Tramp haqida: “Donald Trampga qisqa vaqt ichida o‘z mamlakati uchun yuqori natijalarni ko‘rsatayotgan aqlli prezident deya ta’rif bera olaman”

Kelajakdagi rejalari haqida: “Men mamnunlik bilan yangi shahar qurishga kirishgan bo‘lardim. Masalan, Dubay sahroda, yashash uchun noqulay sharoitda qurilganku. Bu barchamiz uchun ajoyib namuna bo‘la oladi”.

______________________