Milliarderlarning sotuvga qo‘yilgan eng qimmat uylari bilan tanishing

Uorren Baffet 1958-yildan buyon bitta uyda yashab kelayotgani haqida ko‘p gapiriladi. Biroq, boshqa aksariyat milliarderlar biz xuddi xonaning lampochkasini almashtirganimizdek, o‘z uylarini o‘zgartirib turishadi.

Bugungi kunda milliarderlar tomonidan sotuvga qo‘yilgan aksariyat ko‘chmas mulklar so‘nggi 5 yil ichida sotib olingan yoki qurilgan bo‘lib, ularning ba’zilarida hatto hech kim yashamagan ham. Rieltorlar bu holatni o‘zlarining nufuzli mijozlari doimo eng yaxshisiga intilib kelganliklari bilan izohlaydilar.

Maykl Dell, Dell Computers (boyligi – 22,7 mlrd $)

Nima sotyapti: umumiy maydoni 9000 kv.metrni tashkil etuvchi O‘rtayer dengizi uslublaridek qurilgan Meksikadagi villa 5 ta yotoqxona, 6 ta yuvinish xonalari va 4700 kv. metrdan iborat ayvondan iborat.

Villaning derazalaridan Kaliforniya ko‘rfazi ko‘rinib turadi. Uy bilan birga lotin amerikalik va meksikalik rassomlarning ishlari ham sotuvga qo‘yilgan.

Narxi: 18,5 mln $

Tomas Tall, prodyusser (boyligi – 1,1 mlrd $)

Nima sotyapti: umumiy maydoni 32 000 kv.metrdan (12 ta yotoqxona va 18 ta yuvinish xonasi) iborat Kaliforniyadagi mulki. Shohona uy tarkibiga shuningdek organik ferma, shaxsiy muzey, bog‘ va Mone tomonidan yaratilgan suratlar ham kiradi.

Narxi: 85 mln $

Jeff Grin, investor (boyligi – 3,8 mlrd $)

Nima sotyapti: Beverli –Hillzdagi 10 gektar kattalikdagi 12 yotoqxonani o‘z ichiga olgan Palazzo di Amore villasi. Shuningdek, unda 27 avtomobilga mo‘ljallangan garaj, bouling va ballar o‘tkazishga mo‘ljallangan xona mavjud.

Narxi: 129 mln $

Petra Stant (boyligi 3,5 mlrd $ bo‘lgan “Formula-1” asoschisi Bern Ekklstounning qizi)

Nima sotyapti: kaliforniyadagi maydoni 56 500 kv metr bo‘lgan The Manor qasri. Binodagi jami xonalar soni 123 ta (14 ta yotoqxona va 27 ta yuvinish xonasi), sartaroshxona va SPA-salon ham mavjud.

Narxi: 200 mln $

Jerri Perenchio, Univision egasi (2017-yilda vafot etdi, boyligi 2,8 mlrd $ ni tashkil etgan)

Nima sotyapti: tennis korti, 40 ta avtomobil sig‘adigan garaji bor 25 000 kv metrlik villa. Perenchio mulkining bir qismi avval Ronald Reyganga tegishli bo‘lgan yerlarni ham o‘z ichiga oladi.

Narxi: 350 mln $

______________________