DSQ: “O‘zbekistonda eng ko‘p axborot va aloqa sohasi xodimlarining maoshi oshdi”

2018-yilning yanvar-mart oylarining yakuniy natijalariga ko‘ra o‘tgan 2017-yilning shu davriga nisbatan axborot va aloqa sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning oylik maoshlari hajmi o‘rtacha 28,9 foizga oshgan, deb yozmoqda spot.uz sayti Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga asoslangan holda.

Nominal hisoblangan o‘rtacha ish haqi eng katta ko‘rsatkichlar bilan oshgan uch soha quyidagilar:

  • Moliya va sug‘urta sohasi (28,6 %);
  • Sanoat (27,5 %);
  • Qurilish (24,8 %).

Nominal hisoblangan o‘rtacha oylik maosh eng ko‘p bo‘lgan 3 soha esa:

  • Axborot va aloqa – 2,77 mln so‘m;
  • Moliya va sug‘urta ishlari – 2,72 mln so‘m;
  • Sanoat – 2,31 mln so‘m

Nominal hisoblangan o‘rtacha oylik maosh qanday hisoblanishiga misol:

“Moliya va sug‘urta ishlari sohasida mavjud 143 tashkilotda 67,7 ming kishi mehnat qiladi, fondning oylik ish haqi 563,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Mazkur sohada o‘rtacha oylik maosh 2,7 million so‘mdan iborat bo‘lib bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,6 foizga o‘sganini ko‘rsatadi”.

Avval xabar berilganidek, 2018-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi barcha iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik maoshning qiymati 1 548,3 ming so‘mni tashkil qilgan.

______________________